"Real" futbolchisi jamoa mashg'ulotida jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2018, 21:28
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos jamoaning bugungi mashg'ulotida jarohat oldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. O'yinchining chap oyoq to'pig'i chiqib ketgan. 21 yoshli futbolchining qancha muddat davomida tiklanishi xabar qilinmagan.

Joriy mavsum Sebalos barcha musobaqalarda 16ta o'yin o'tkazdi va ikkita gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid