"Real" futbolchisi: "G'azabdamiz. Ammo bizda boshqa vazifalar ham bor

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2021, 08:11
"Real" futbolchisi Marko Asensio "Atletik"ka qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Atletik" o'yinga juda yaxshi kirishib ketdi. Uchrashuv boshida bizga qiyin bo'ldi. Biz g'azabdamiz, ammo bu futbol. Oldinga borish lozim. 

Dastlabki gol "Atletik"ni ochib yubordi. Biz harakat qildik, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik. Ikkinchi bo'limda nimalarnidir o'zgartirmoqchi bo'ldik, ammo bu etarli bo'lmadi. 

Oldimizda boshqa vazifalar ham bor. Endi o'zimizga kelib olib, oldinga borishimiz lozim", - dedi Asensio. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca