YCHL. "Real" "Inter"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini ma'lum qildi

Alisher
24 noya 2020, 10:37
Madridning "Real" klubi YCHL guruh bosqich 4-tur doirasidagi Milanning "Inter" jamoasiga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Madrid klubi ro'yxatidan forvard Karim Benzema va himoyachi Serxio Ramos o'rin egallamagan. Shuningdek ushbu o'yinda Luka Yovich, Federiko Valverde va Alvaro Odriosola o'ynamaydi.


Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Ferlan Mendi, Viktor Chust

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Martin Edegor, Isko

Hujumchilar: Eden Azar, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes, Ugo Duro.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com