"Real" Bellingem transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 15:50
"Borussiya" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti rasman xabar berdi.

19 yoshli angliyalik bilan kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 

15 iyun kuni futbolchi "Real" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Xabar qilinishicha, futbolchining transfer summasi 103 million evroni tashkil qilgan.

Bellingem 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali xavbekni 120 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com