"Real" Azarni to'rtinchi marta sotuvga qo'ydi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023, 17:22
"Real" futbolchi Eden Azarni qatorasiga to'rtinchi transfer oynasida sotuvga qo'ydi. Uning ketishi imkonsiz bo'lib qolmoqda.

Manba xabariga ko'ra, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham, klub rahbarlari ham belgiyalik yarim himoyachidan hafsalasi pir bo'lgan. U qatorasiga to'rtinchi transferlar davrida sotiladigan futbolchilar ro'yxatiga kiritildi. 

Yaqin haftalarda Madrid klubi Azar uchun yana yangi klub izlaydi. U klubdagi yuqori maosh to'lanuvchi o'yinchilardan biri (soliqlardan keyin 15 mln evro) va jamoa o'yiniga ta’siri pastligi tufayli klub u bilan xayrlashmoqchi. 

"Real" prezidenti Florentino Peres Eden Azarni hozirda sotib yuborish yoki hatto ijaraga berish imkonsiz ekanini yaxshi biladi.

Eden mavsum o'rtasida ketishni istamaydi, ayniqsa, oilasi tufayli. Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2024 yil yozida nihoyasiga etadi. Agar "Real" undan jamoani tark etishni so'rasa, 2023 yilning yozida Madriddan ketishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic