"Real" 1,1 mlrd evrolik shartnoma imzolaydi

Tolibjon Qosimov
5 noya 2018, 16:39
Madridning "Real" klubi "Adidas" kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi. Germaniya kompaniyasi "Qirollik klubi"ni sport formalari bilan taminlaydi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv 10 yilga mo'ljallangan va uning umumiy summasi 1,1 milliard evroni tashkil qiladi.

Hozirgi shartnomaga ko'ra, "Real" "Adidas"dan yiliga 52 million evro oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com