Rayola Xolandni "Barselona"ga olib o'tmoqchi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 14:13
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Erling Xolandni agenti Mino Rayola mijozining kelajagi borasida bir qarorga keldi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, gollandiyalik mutaxassis 20 yoshli futbolchini "Barselona"ga olib o'tmoqchi. Rayola Messining davri o'tayotganini inobatga olib, Xolandning Kataloniyada porlashini taxmin qilmoqda.

Ushbu mavsumda Xoland "Borussiya" tarkibida 16 o'yinda 19 gol va 3 assist qayd etdi. Uning tovon puli 100 mln evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo