

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi taklifiga binoan mazkur o'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Al-Hazm" - "Al-Ittifoq" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Burayda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida bo'lib o'tadi.



