Ravshan Ermatov: "Kannavaroning O'FA bilan 2 yillik shartnomasi bor"

Iskandarov Abdulaziz
14 iyul 2026, 13:02
So'nggi kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning terma rulidagi vaziyati ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov saytimizga bu borada aniq ma'lumotni aytib o'tdi.

"Fabio Kannavaroning O'FA bilan 2027 yil oktyabr oyiga qadar shartnomasi bor. Hozirda Jahon chempionatidan keyin tahliliy guruhlar ishlagan. Ularning qisqa tatili ham tugaydi. Shundan keyin iyul oyi oxirlarida selekciya ishlari va Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirishadi",- deydi Ravshan Ermatov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia