Rasmiy xabar: “So'g'diyona” Braziliya va serbiyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2020, 11:59
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan “So'g'diyona” klubi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Braziliyalik yarim himoyachi Elivelto Ribeyro Dantos va serbiyalik himoyachi Marko Kolakovich 2020 yilgi mavsumni Jizzax klubida o'tkazishadi. Shuningdek, “So'g'diyona” Shavkat Mullajonov ("Metallurg"dan), Sanat Shixov (AGMKdan), Javohir Qahramonov (“Bunyodkor”dan), Bahodir Nasimov (“Dinamo”dan) kabi mahalliy futbolchilar bilan shartnoma tuzdi.

O'tgan mavsumda “So'g'diyona”da o'ynagan Milan Mitrovich, Jasur Hasanov va Ivan Nagaev klub bilan shartnomalarini o'zaytirishdi.

Ma'lumot uchun:
Elivelto Ribeyro Dantos (Braziliya)
Ampluasi
: Yarim himoyachi.
Tug'ilgan sanasi: 02.02. 1992



Marko Kolakovich (Serbiya)
Ampluasi:
Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 09.02. 1993


"So'g'diyona" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia