Rasmiy xabar: Prandelli Valensiya bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2016, 22:55
Mashhur italiyalik murabbiy Chezare Prandelli Valensiyada ish boshladi.
59 yoshli murabbiy Ispaniya klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Prandelli 2014 yilda Galatasaroydan ketgach ishsiz yurgandi.

O'tgan haftada Valensiya Pako Ayestaranni iste'foga chiqargandi. Dastlabki 6 turdan so'ng klub 15-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: valenciacf.com