Rasmiy xabar: Villi Kabalero - Manchester Siti futbolchisi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 16:01
Malaga darvozaboni Villi Kabalero Manchester Sitiga ko'chib o'tdi.
32 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda "Siti" rasmiy sayti.

Kabalero ushbu yozgi transfer oynasi vaqtida Manchester Sitiga o'tgan uchinchi futbolchiga aylandi: oldinroq Fernando va Bakari Sanya ham aynan shu klubga o'tishgandi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Kabalero Manchester Sitiga 7 million evro evaziga o'tishi aytilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru