Rasman. Zeedorf “Deportivo” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018, 23:39
“Milan” klubining sobiq ustozi Klarens Zeedorf Ispaniyaning “Deportivo” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Gollandiyalik mutaxassis bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolandi. Zeedorfning so'nggi ishlagan jamoasi Xitoyning “Shenchjen” klubi bo'lgan edi.

“Deportivo”ning endilikda sobiq bosh murabbiyi Kristobal Parralo salbiy natijalar sabab iste'foga chiqarilgandi. La Koruniya klubi so'nggi 7ta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelyapti. La Liganing 22-turilan so'ng jamoa 18-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif