Rasman: “Yuventus” Makkennini “Shalke”dan to'liq sotib oldi

Eldor Akmurzayev
3 mar 2021, 19:25
Bungacha Ueston Makkenni turinliklar tarkibida ijara asosida harakat qilayotgandi.

“Yuve” bitim shartlariga ko'ra, futbolchini to'liq sotib olishga qaror qildi.

“Shalke” mazkur transfyerdan 18,5 mln evro oladi va “Yuventus” ushbu summani 3 yil davomida bo'lib to'laydi. Shuningdek, kelishuvda qo'lga kiritiladigan turli yutuqlar uchun 6,5 mln evro miqdorida bonuslar ham belgilangan.

Futbolchi A Seriya grandi bilan 2025 yil 30 iyungacha shartnoma tuzdi.

Amerikalik joriy mavsum chempionatda 21 o'yin o'tkazib, 4+2 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com