

Tomonlar 5 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, 20 yoshli futbolchining transfer summasi 7 mln. evroga baholanmoqda. Qayd etish joizki, Tomiyasu bolonyalar safida Xidetoshi Nakatadan (2004) so'ng harakat qiladigan ikkinchi yaponiyalik futbolchiga aylanadi.
Bolonya A Seriyaning o'tngan mavsumida 10 o'rinni egallab, evrokuboklardan quruq qoldi.
Avvalroq, Yaponiya terma jamoasining boshqa bir a'zosi Shoya Nakajima Portuga o'tgani haqida ma'lum qilgandik.




