Rasman: Yaponiya terma jamoasi a'zosi faoliyatini "Portu"da davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
6 iyul 2019, 01:30
Qatarning Al-Duhayl klubi yarim himoyachisi Shoya Nakajima faoliyatini Portuda davom ettiradi.

Tomonlar 4 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, futbolchining transfer summasi 12 mln. evroni tashkil etadi. U yangi klubida 8 raqam ostida to'p tepadi.

Nakajima qatarliklar safida joriy mavsum 13 bahsda qatnashib, 2 bora gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

Avvalroq, Yaponiya terma jamoasi a'zosi Portugaliyaning boshqa bir klubi Portimonensida ham harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcporto.pt