Rasman: Xitoy klubi o'z safiga ispaniyalikni qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 14:56
"Betis" yarim himoyachisi Ruben Kastro faoliyatini Xitoyning "Guyjou Toro" klubida davom ettiradi.

Kastro Xitoy chempionatining oxirigacha "Guyjou Toro" sharafini himoya qiladi.

"Bu yerda dekabrgacha o'ynayman, keyin qaytaman" - deydi Ruben Kastro.

36 yoshli futbolchi so'nggi mavsum "Betis" safida LaLiganing 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia