Rasman: Viktor Valdes "Barselona"dan ketdi

Alisher
7 okt 2019, 17:13
"Barselona" sobiq darvozaboni Viktor Valdes Kataloniya klubining 19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoasi murabbiyligidan ketdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Xabarlarga qaraganda, Valdesning o'rnini Artiga Frank egallaydi.

Viktor Valdes "Barselona" tarbiyalanuvchi hisoblanadi. U kataloniyaliklar tarkibida 2014 yil yoziga qadar faoliyat ko'rsatgan. Yarim yildan so'ng esa erkin agent maqomida MYU bilan shartnoma tuzgan.

U 2016/17 yilgi mavsumda "Midlsbro"da o'ynaganidan  so'ng faoliyatini yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com