Rasman: "So'g'diyona" Shimoliy Makedoniya terma jamoasi futbolchisi Lyupche Dorievni o'z safiga qo'shib oldi

Administrator
2 iyul 2023, 23:58
Klub matbout xizmati buni rasman ma'lum qildi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Shimoliy Makedoniya terma jamoasi futbolchisi Lyupche Doriev bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli Doriev endi "So'g'diyona" sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, Championat.asia sayti "Eshitdik-da!" rukni orqali Doriev bilan muzokaralar o'zining hal qiluvchi boschiqida ekandigini 19 iyun kuni ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Lyupche Doriev shu kungacha Makedoniyaning "Shkendiya" klubida faoliyat olib borayotgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 600 ming evro hisoblanadi. Doriev chap qanotdan tashqari, o'ng qanotda yoki hujumchi ortida ham harakat qilishi mumkin.

Eshitdik-da! "So'g'diyona" Makedoniya termasi futbolchisiga jiddiy qiziqmoqda. Muzokaralar hal qiluvchi bosqichda

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia