Rasman: Sarri ortiq "Yuventus" bosh murabbiyi emas

Alisher
8 avg 2020, 17:46
"Yuventus" bosh murabbiy Mauricio Sarrini iste'foga chiqardi.

Bundan bir necha daqiqa oldin Italiyaning taniqli jurnalistlari mutaxassisning iste'fosi haqida birinchilardan bo'lib ma'lumot berishgan edi.

Turin klubi rasman Mauricio Sarrining iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" kecha YCHL 1/8 final doirasida "Lion"ga qarshi ikki o'yinning natijasi (0:1, 2:1)ga ko'ra musobaqani tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc