Rasman: Ruben Sanches – AGMK futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
31 yanv 2023
AGMK selekciya ishlaridagi navbatdagi transferini e'lon qildi.

Jamoa ispaniyalik futbolchi Ruben Sanchesni o'z tarkibiga qo'shib oldi. 



Ortda qolgan mavsumning ikkinchi qismida Termizning "Surxon" jamoasida to'p tepgan iqtidor egasi 12 o'yinda 8 ta golga mualliflik qilgan.

AGMK futbol klubi va Ruben Sanches o'rtasida 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida AGMK ispaniyalik futbolchini jalb etganini ma'lum qilgan edik.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати