Rasman: "Roma"ning yangi bosh murabbiyi e'lon qilindi, Shomurodov sobiq murabbiyi bilan ishlaydi

Mirjalol Normatov
14 noya 2024, 21:33
"Roma" matbuot xizmati Klaudio Raneri jamoa bosh murabbiyi bo'lganini e'lon qildi.

73 yoshli murabbiy mavsum yakuniga qadar rimliklarni boshqaradi. Shundan keyin u "Roma"da maslahatchi sifatida ishlashni boshlaydi. Shuningdek, u navbatdagi bosh murabbiyning aniqlanishida ham qatnashishi mumkin.

Qayd etish kerak, "Roma" tarkibidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov o'tgan mavsumda "Kalyari"da Klaudio Raneri bilan birga ishlagan.

Ushbu mavsumda rimliklar A Seriyada 12 turdan keyin 13 ochko jamg'arib, 12-o'rinda bormoqda. U ushbu mavsumda Daniele de Rossi va Ivan Yurichlardan keyingi uchinchi murabbiy bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: asroma.com