

Klaudio Raneri muxlislar ovoziga ko'ra A Seriyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.
"Roma"ning bosh murabbiyi Panini va Aiac tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra 2024/25 mavsum uchun eng yaxshi murabbiy mukofotini qo'lga kiritdi.
"Roma" murabbiyi 58 foiz ovoz to'plab, hozirda A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Napoli" murabbiyi Antonio Konteni ortda qoldirdi.
Italiyalik murabbiy ushbu mavsum yakunida jamoani tark etadi.



