Rasman: "Real" "Santos" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
Mirjalol Normatov
15 iyun 2018, 17:28
"Santos" klubi matbuot xizmati hujumchi Rodrigo Goes "Real"ga o'tishini tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, 17 yoshli futbolchi 2019 yilda "Real" tarkibiga borib qo'shiladi va yiliga 4 mln evro maosh ishlab topadi. U Madrid superklubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.