Rasman: Montella "Sevilya"dan ketdi, uning o'rniga boshqa murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
29 apr 2018, 17:51
"Sevilya" matbuot xizmati Vinchenco Montellaga iste'fo berilganini rasman tasdiqladi.

Montella o'tgan yilning oxirgi kunlarida "Sevilya" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning qo'l ostidagi jamoa so'nggi 9 uchrashuvda g'alaba qozona olmagani bois, iste'foga chiqarildi.

Bugun klub qarorgohida matbuot anjumani o'tkazildi va Xoukin Kaparros jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgani ma'lum qilindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SevillaFC