

"Marsel" "Manchester Yunayted" vingeri Meyson Grinvudni sotib olganini e'lon qildi. Angliyalik futbolchi yangi jamoada 10-raqamda to'p tepadi.
Insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, francuz klubi futbolchi uchun 26 million evro to'laydi, yana 5 millioni esa bonuslar shaklida taqdim etiladi. Agar kelajakda futbolchi sotilsa, "Marsel" "mankunianliklar"ga transfer pulining yarmini o'tkazib beradi.
Grinvud o'tgan mavsumni "Xetafe"da o'tkazdi va Ispaniya chempionatida 33 o'yinda 8 ta gol urdi.



