

Turkiya klubi Fransiyaning "Marsel" klubi bilan principial kelishuvga erishib bo'lgan va transfer yakunlanishiga ijobiy baho bermoqda, shuningdek, futbolchining o'zidan ham yakuniy rozilikni kutmoqda, deb xabar beradi Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Biroq, ingliz futbolchisi uchun kurashga Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi aralashdi. Yaqin Sharq klubi vakillari Grinvud bilan telefon orqali muloqot o'tkazishdi, jamoa bosh murabbiyi Mattias Yayssle esa hujumchining o'zi bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashdi.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda ishtirok etib, 25 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.


