

"Chelsi" klubi bosh murabbiy Grem Potterni rasman iste'foga chiqardi. Ingliz klubi murabbiyning kelajakdagi faoliyatiga omad tiladi.
Klubning ma'lum qilishicha, Bruno Saltor jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqarib turadi. Saltor sobiq futbolchi hisoblanib, faoliyati davomida "Brayton", "Valensiya", "Almeriya" kabi klublarda o'ynagan.



