Grem Potter shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2026, 20:18
Grem Potter Shvetsiya termasi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Shvetsiya futbol ittifoqi milliy jamoa ustozi bilan shartnoma 2030 yilgacha uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Potter 2025 yil oktyabrida Shvetsiya termasi boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2026 saralashiga yo'llanma oldi va u yerda Ukraina termasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv g'olibi esa Polsha – Albaniya juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: svenskfotboll.se