Shvetsiya terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2025
Angliyalik murabbiy Grem Potter Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Shvetsiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 50 yoshli mutaxassisning shartnomasi JCH-2026 saralash bosqichi oxirigacha amal qiladi.

Daniyalik murabbiy Yon Dal Tomasson 14 oktyabr kuni Kosovodan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:0) Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi. U jamoa tarixidagi ilk xorijlik murabbiy bo'ldi.

To'rt turdan keyin Shvetsiya 1 ochkoga ega va saralash turnirining "B" guruhida so'nggi o'rinni egallab turibdi. Shvetsiya terma jamoasi Millatlar Ligasining C divizionida birinchi o'rinni egalladi. Agar ular kuchli ikki jamoadan biriga aylanmagan taqdirda, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qoladi.

Agar jamoa Jahon chempionatiga chiqsa, Potter bilan shartnoma avtomatik ravishda uzaytiriladi.

Potterning so'nggi ish joyi "Vest Xem" bo'lgandi. U bu jamoadan 24 kun oldin ishdan bo'shatilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC