Rasman: "Buxoro" jamoasi Shahboz Jo'rabekovni o'z safiga qo'shib oldi!

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025, 14:05
Bu haqida klub o'zining telegramdagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

"Jamoamiz murabbiylari yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida mahoratli himoyachi Shahboz Jo'rabekov bilan shartnoma imzoladi.

"Yakuniga etgan mavsumni “Qizilqum” bilan “Bunyodkor”da o'tkazdi. Yangi futbol mavsumida buxoroliklar sharafini himoya qilishga ahd qilgan Shaxboz Jo'rabekovga omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deyiladi klub xabarida.

Shaxboz Jo'rabekov
02.02.1997
O'ng qanot himoyachisi


Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumni poytaxtning "Bunyodkor" klubida o'tkazgan Jo'rabekov bungacha "Qizilqum", "Navbahor" va "So'g'diyona" jamoalarida ham to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia