Rasman: "Ayaks"ning asosiy futbolchilaridan biri klub bilan shartnomani uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2019, 22:32
Ayaks forvardi Dushan Tadich klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Kelishuvga ko'ra, Tadich amstyerdamliklar safida 2026 yilning yoziga qadar harakat qiladi. Shartnomaning moliyaviy tomonlari esa hozircha oshkor etilmagan. 

30 yoshli serbiyalik hujumchi o'tgan mavsum terma jamoa va klub safida 64 bahsda ishtirok etib, 39ta gol urgan holda 26ta pasni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AFCAjax