Tadich yangi klubga o'tdi

Alisher Ostonov
1 avg 2025
Serbiya terma jamoasining sobiq sardori Dushan Tadich "Crvena Zvezda" klubiga o'tdi.

36 yoshli yarim himoyachi 2 yillik shartnomaga imzo chekdi va Marko Arnautovich bilan bir jamoada o'ynaydi. Ilgari "Ayaks", "Sautgempton" va boshqa klublarda o'ynagan futbolchi erkin agent sifatida yangi jamoaga qo'shildi.

2,2 million evroga baholanayotgan Tadich o'tgan mavsum Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi safida o'ynadi.

U 53 o'yinda 13 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shartnoma muddati tugagach, Tadich murabbiylik faoliyatiga o'tishi kutilmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: mondo.rs