Rasman: Avstraliya koronavirus tufayli chempionatni to'xtatishdan bosh tortdi

Alisher
16 mar 2020, 10:50
Avstraliya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Chempionat o'yinlari muxlislarsiz o'tkaziladi, ammo mavsum to'xtab qolmaydi.

Qiziq jihati, Yangi Zelandiyaning "Vellinton" klubi Avstraliyada barcha o'yinlarini o'tkazadi.

"Yashil qita"da kasallikning rivojlanishi bilan bog'liq vaziyat juda ham yomon emas. Mamlakatda beshta o'lim holati qayd etilgan.

Dam olish kunlari Avstraliya chempionati uchun o'ziga xos bo'ldi. Sababi, musobaqa ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com