Rangnik: "MYU va "Uotford"ning o'yin uslubi bir-biriga o'xshaydi"

Mirjalol Normatov
26 fev 2022, 01:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoasi va "Uotford"ning o'yin uslubini solishtirdi.

"Roy Xojson bilan bir necha marta uchrashganmiz. So'nggi yillarda emas, undan oldin bo'lgandi.

Bir-birimizni yaxshi bilamiz va o'yindan oldin ham, keyin ham qo'limizni siqib qo'yamiz.

Xojson qo'l ostida "Uotford" so'nggi ikki o'yinda 4-4-2 taktik sxemasida o'ynadi, uchinchisida esa 4-3-3ga o'tdi.

Bizning o'yin uslubimiz bir-biriga o'xshash. Biz tezkor hujumchilar orqali hujumga o'tish haqida o'ylaymiz.

Ammo o'yinda ko'proq vaziyat yaratib, raqiblarda imkon bermaslik borasida qayg'urish kerak", - dedi Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal