Rangnik: "Bu biz tanigan va bilgan Sancho"

Mirjalol Normatov
13 fev 2022, 14:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik yarim himoyachi Jeydon Sanchoning o'yinlarini olqishladi.

21 yoshli futbolchi jamoaning so'nggi 3 o'yinida 2 gol urdi.

"Jeydon yaxshi holatga kirib oldi. O'yin davomida unda yaxshi vaziyatlar ko'p bo'ldi. Uning so'nggi o'yinlaridan qoniqish hosil qildim. Bu Jeydonni biz Bundesligada ko'rganmiz va bilamiz.

Uning rivojlanishini birga ko'rib boryapmiz. Hozir u "Manchester Yunayted"ga kelganidan keyin eng yaxshi holatida. U bundan-da kuchaya oladi", - dedi Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal