Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
17 noya 2018, 13:10
"Monako" sobiq ustozi, ayni damda "Fulxem"ni boshqarayotgan Klaudio Raneri monegasklarning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Hozir "Monako" bilan sodir bo'layotgan voqealar hayratlanarli. Jamoada yaxshi futbolchilar bor, u yerda Leonardu Jardim ishladi. Endi Terri Anri jamoani boshqarmoqda. "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" - deydi Raneri.

Raneri 2012-2014 yillarda "Monako" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.

Fransiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola