Ramos va uning oila a'zolari telefon raqamlarini o'zgatirishga majbur bo'lishdi

2 iyun 2018, 00:14
“Real” sardori Serxio Ramos va uning oila a'zolari Chempionlar ligasi finalidan keyingi tinimsiz tahdidlardan so'ng telefon raqamlarini o'zgartirishdi.

Barchaning yodida, final bellashuvida 32 yoshli ispaniyalik futbolchi misrlik hujumchi bilan to'qnashuvdan keyin elkasidan jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Misrda futbol fanatlari va OAV Ramosning Salohaga ataylab jarohat etkazishda ayblashni boshladi. Shundan keyin Ispaniyaning Qohiradagi elchixonasida oldida minglab insonlar norozilik akciyasini o'tkazishdi. Natijada Ramos va uning oila a'zolariga ko'plab tahdidlar ham uyushtirildi.

Policiya xodimlari telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali Ramos va uning a'zolariga tahdid qilganlarni aniqlashga urinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: COPE