Rafinya Alkantara "Barselona"dan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 may 2017, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara klubini o'zgartirish haqida jiddiy o'ylab qoldi.

Futbolchi JCH-2018da ishtirok etmoqchi. U faqat barqaror o'yin amaliyoti tufayligina Braziliya terma jamoasi asosiy tarkibidan joy olishi mumkinligini yaxshi biladi. Biroq Alkantara Kataloniya klubida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonchi komil emas, chunki jamoada yuqori darajali yarim himoyachilar ko'p. Bundan tashqari, ispan grandida murabbiy almashmoqda va Rafinya yangi mutaxassis unga qanday muomalada bo'lishini bilmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Braziliya klublaridan birida ijarada to'p tepish variantlarini ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo