Rafael van der Vart: Men futbol o'ynash uchun yaralganman

Narzulla Saydullayev
8 sen 2013, 13:29
Gamburg yarim himoyachisi Rafael van der Vart futbolning hayotida tutgan o'rni haqida gapirib berdi.
Men futbol o'ynash uchun yaralganman. Men uchun futbol – bir vaqtda ham kasb ham hayot. 

Maydonga tushganimda barcha narsani unutaman. Faqat to'p va o'z jamoam haqida o'ylayman. 

Gamburgni o'z yuragimda olib yuraman. Klub g'alabalari uchun borimni berishga tayyorman. 

 Omadsizliklar bu men uchun qo'shimcha kuch beradi, men hech qachon engilmayman, – deydi van der Vart.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru