

Liga 1'ning 1-turida "Renn"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) "Marsel" klubining kiyim almashtirish xonasida futbolchilar o'rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.
Hammasi Roudan boshlandi, u tanqiddan g'azablanib, Raboga shapaloq tushirmoqchi bo'ldi. Xodimlar ularni ajratishdan oldin futbolchilar bir-biriga zarba berishga ulgurdi.
"Marsel" 23 avgust kuni Fransiya chempionatining 2-turida "Parij"ga qarshi maydonga tushadi.



