Rabbim Hasanov "Navbahor"ga o'tadi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2014, 14:00
"So'g'diyona" yig'iniga borib qo'shilgan Rabbim Hasanov yaqin orada namanganliklar safiga borib qo'shiladi.
O'tgan yili "Guliston" sharafini himoya qilgan Rabbim Hasanov oxirgi paytlarda "So'g'diyona" tarkibida shug'ullanayotgandi. "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning "SA"ga xabar berishicha Rabbim Hasanov tez orada namanganliklar yig'iniga kelib qo'shiladi.

Undan tashqari o'tgan yili aynan Ashurmatov qo'li ostida "Guliston"da o'ynagan darvozabonlar Xurshid Xo'jaev bilan Doniyor Usmonovni ham "lochinlar" o'z safiga qo'shib olmoqchi.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia