

"Bavariya" yangi 2018/19 yilgi mavsumdagi Bundesliganing uy o'yinlari uchun chiqarilgan barcha chiptalarni sotib bo'ldi. Germaniya kubogining birinchi raund uchrashuvi va Germaniya Superkubogi bahsi chiptalari ham tugagan. Shuningdek, jamoaning mehmondagi uchrashuvlariga ajratilgan chiptalar ham sotilgan.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" yangi mavsumga tayyorgarlikni kecha boshladi. Bundesliganing yangi mavsumi esa 24 avgust kuni start oladi.
Jamoaning YCHL doirasidagi o'yinlari chiptalari musobaqaning guruh bosqichiga qur'a tashlanganidan so'ng sotuvga chiqadi.



