Boshqalarga bilmadim-u, lekin men uchun bu yilgi turnir g'irt rasvo bo'ldi. Esimda, PFL tashkil qilinmasidan oldin turnir Federatsiya kubogi deb nomlanar, o'yinlar ham o'ziga yarasha shiddatli kechardi. Hatto 2004-2005 yilgi mavsumlarda turnir o'yinlari TV orqali namoyish etilgandi.
Har qanday musobaqaning FINAL bahsi barchaning e'tiborida bo'ladi. Tan olaylik, kechagi PFL Kubogi finali ham ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'ldi. Havo birmuncha sovuq va yomg'ir yog'ib turgan bo'lishiga qaramasdan, odamlar shu o'yinni ko'rish uchun kelishdi. O'yindan oldin uchrashuv qaydnomasini olish maqsadida to'rtinchi hakam Hasan Ro'ziev oldiga bordim. O'rtamizdagi qisqa savol-javob taxminan shunday o'tdi.
- Hasan aka, yaxshimisiz? Uchrashuv qaydnomasini berib tura olasizmi? Tarkiblarni yozib olmoqchiydim, saytga qo'yishimiz kerak.
- Yo'q, uka, uzr berolmayman. Agar sizlarga “protokol” kerak bo'lsa, unda PFL matbuot xizmatiga murojaat qilinglar. Ular kserokopiya qilib beradi. Jurnalistlarga “protokol” berish mening vakolatimga kirmaydi.
Hasan Ro'ziev to'g'ri gapirdi. Axir o'yin paytida u zaxira hakami qilishi kerak bo'lgan ish bilan shug'ullansinmi yo jurnalistlarga “protokol” berish bilan ovora bo'lsinmi? Xullas, tarkib zarur bo'lib turgan bir paytda uni ololmadim. Bu orada o'yin boshlanmasidan oldin yog'ishni boshlagan yomg'ir oradan ko'p o'tmay qorga aylandi.
Nihoyat, bir yarim soatlik futbol ham tugadi. “Mashal” g'olib bo'ldi. Navbat taqdirlash marosimiga yetib keldi. Futbolchilar yuguraverib terlab ketgan emasmi, PFL bosh direktori o'yinchilarning sog'ligini o'ylab taqdirlashni bir pasda tugatib qo'ya qoldi. Dastlab Farhod Magometov “Xafa bo'lmanglar, kelasi yil yutasizlar” degandek saf tortib turgan “Obod” o'yinchilaridan tezgina ko'ngil so'rab chiqdi. Keyin g'olib nomi elon qilingach, “Mashal” sardori Dilyaver Vanievni yoniga chaqirib, Kubokni unga topshirdi va shu bilan qutuldi.
Musobaqaning “Eng yaxshilari” esa aniqlanmadi. Yani, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi to'purar” degandek... Yomg'ir va qorda 90 daqiqalik yugur-yugurdan keyin “besh minutli” taqdirlash bir pasda o'tdi-ketdi. Men Farhod Magometov kubokni Vanievga topshirganidan so'ng “Mashal” futbolchilari bilan esdalik uchun suratga tushsa kerak deb o'ylagandim (axir har bir turnirdan keyin kattalar shunday qilishadi), lekin PFL rahbari na nutq so'zladi, na g'olib jamoa sharafiga tabrik aytdi va na rasmga tushdi. Qisqa qilib aytganda, sovrinni berdi-yu ketdi. Taqdirlash marosimining yaxshi saviyada o'tkazilishiga shu kuni havoning sovuqligi sabab bo'ldimi yo kunduzi yog'ishni boshlagan yomg'irning tushdan keyin qorga aylanganimi, xullas tushunolmay qoldim.
Xayrulla Xoliqov.