

Ushbu tadbirning o'tkazish joyi va vaqtiga o'zgartirish kiritildi. Ko'plab muxlislarning talab va istaklarini inobatga olib, tanishtiruv marosimi Qo'qon shahridagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan bo'ldi. Marosim soat 15:00da boshlanadi.
Klubimizga befarq bo'lmagan futbol muxlislari va OAV vakillarini tanishtiruv marosimiga taklif etib qolamiz.



