"Qo'qon-1912": Qo'qondagi mashg'ulotlar davom etmoqda

Alisher
9 yanv 2022
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "QO'qon-1912" jamoasining Qo'qon shahridagi mashg'ulotlari davom etmoqda.

"Shunqorlar" kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Bir mahal to'p bilan mashg'ulot olib borilayotgan bo'lsa, keyingi mashg'ulotlarda murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga e'tibor qaratishyapti. 

Kechagi mashg'ulotlarda Bilolxon Toshmirzaev ishtirok etmadi. Sababi bir kun oldingi mashg'ulotda yangi futbolchi biroz jarohat olgan edi. 

Jamoaning Qo'qondagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari yakuniga yetishiga oz qoldi.


AlisherMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати