“Qo'qon-1912” jamoasi yangi mavsumning birinchi yarmini Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazadi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2024, 15:34
Xabaringiz bor, avvalroq "Qo'qon-1912" jamoasi uy o'yinlarini vaqtincha Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida o'tkazib turishi haqida xabar bergan edik.

Biroq Yaypandagi stadion yangi mavsumga tayyor bo'lmaganligi sababli jamoamiz vaqtinchalik uy uchrashuvlarini Farg'onadagi muhtasham “Istiqlol” arenasida o'tkazadigan bo'ldi. Bu borada jamoamiz rahbariyati “Istiqlol” stadioni rahbariyati bilan shartnoma imzoladi.

Xabaringiz bor Qo'qondagi “Markaziy” stadion maydoni to'liq rekonstrukciya qilinib, maydonga yangi chim ekish ishlari olib borilmoqda.

Jamoamiz rahbariyati Qo'qonlik muxlislarning  Farg'onaga borib kelishlari uchun alohida avtobuslar qo'yishni reja qilishgan.

Eslatib o'tamiz, jamoamizning Pro ligadagi ilk uy uchrashuvi 19-mart kuni "Buxoro"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати