"Qo'qon-1912" ikki asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 13:00
Muhammadanas Hasanov va Iqbol Malikjonov bilan kelishuv uzaytirildi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

"Jamoamiz yangi mavsum oldidan o'tgan mavsumning asosiy futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirishda davom etmoqda.

O'tgan mavsum "Qo'qon-1912" jamoasining yetakchilaridan bo'lgan Muhammadanas Hasanov va Iqbol Malikjonov (suratda) bilan shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Hasanov o'tgan mavsum Superliga bahslarida 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 4 ta assist bor.

Jamoa sardori Iqbol Malikjonov esa o'tgan mavsum Superligada 26 ta bahsda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати