

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, jamoada bir nechta yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Bular - "Mashal" himoyachisi Samandar Shukurullaev, "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan Avazxon Mamatxo'jaev (suratda) va "Metallurg" bilan xayrlashgan hujumchi Jasur Xolto'raev.
Ma'lumot o'rnida, navoiyliklar 3-17 fevral kunlari Turkiyada yig'in o'tkazishi ko'zda tutilgan.



