“Qizilqum” qisqa tatildan keyin tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi

1 fev 2020, 00:25
Yangi mavsumga tayyorgarlikni bir necha bosqichda o'tayotgan “Qizilqum” futbolchilari Navoyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlashdi.

Navoiydagi yig'in davomida futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishdi  va Muborakning "Mashal" jamoasiga qarshi (0:0) nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov futbolchilarga 2 kunlik tatil berdi. Qisqa fursatlik damdan so'ng "Qizilqum" jamoasi mashg'ulotlarni yana poytaxtimizda davom ettiradi va ushbu yig'in doirasida bir nechta nazorat o'yinlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum